16:18 / 16.09.2017
7025

Yangicha «Pelas», London derbisi va 5-turning boshqa uchrashuvlari haqida

Angliya premer-ligasining 5-turi juma kuni start oldi. Shanba kunidan boshlab turning qolgan uchrashuvlari ham boshlanadi. Tribuna.Uz dunyoning eng ommabop chempionati o‘yinlariga batafsil to‘xtaldi.

Angliya premer-ligasi.
5-tur

«Kristal Pelas» - «Sauthempton»
16 sentabr, 16:30. Translyatsiya: Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Kristal Pelas» Premer-Liga doirasida «Sauthempton» qarshi o‘tkazgan 16 uchrashuvning faqat ikkitasidagina g‘alaba (4 durang, 10 mag‘lubiyat) qozongan. U ham bo‘lsa, so‘nggi ikki mavsumda, o‘z uyida «Syolherst Park»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kuzatilgan.

«Kristal Pelas» ketma-ket beshta uchrashuvda gol urmasdan mag‘lub bo‘lgan jamoaga aylanishi mumkin, yoki mana shunday hech qachon qayd etilmagan antirekord sohibiga aylanishi mumkin.

Agar «Kristal Pelas» 78-daqiqaga qadar gol ura olmasa, ular Premer-liganing bir mavsumida eng uzoq vaqt gol ura olmaslik bo‘yicha rekordni («Nyukasl, 438 2005/06 yilgi mavsumda, 438 daqiqa).

Kristian Benteke «Sauthempton»ga qarshi so‘nggi besh uchrashuvda beshta,jumladan «Pelas» futbolchisi sifatida so‘nggi ikki uchrashuvda uchta gol kiritgan.

Yo‘qotishlar
«Kristal Pelas» tarkibida Ruben Loftus-Chik, Jyeyms Tomkins safga qaytgan. Vilfrid Zaa va Pape Suare esa jarohati sabab uchrashuvda maydonga tusha olishmaydi. Mamadu Saxoning holati jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha tekshiruvdan so‘ng aniq bo‘ladi.

«Sauthempton» tarkibida Per-Emil Hoyberg jarohati sabab jamoasiga yordam bera olmaydi. Injiqliklarga qaramay, sotilmagan Virjil van Deyk esa jamoa ixtiyoriga qaytgan. Biroq uning o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.

«Uotford» - «Manchester Siti»
19:00, (Translyatsiya: Match! Futbol 1, yozib olingan holda)

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Uotford» «Manchester Siti»ga APLda o‘tkazgan 6 uchrashuvning birortasida g‘alaba qozona olmagan (2 durang, 4 mag‘lubiyat). So‘nggi to‘rtta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘lgan va o‘sha o‘yinlarda jami bitta gol ura olgan.

«Manchester Siti» olti yoki undan ko‘p uchrashgan jamoalari ichida «Uotford»dek mag‘lubiyatga uchramagan raqiblari (shuningdek «Sheffild Yunayted»ga qarshi ham oltita o‘ynab yutqazmagan) yo‘q.

«Uotford» o‘z tarixida birinchi marta dastlabki to‘rtta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramasdan mavsumni boshladi.

Serxio Aguero «Uotford»ga qarshi barcha turnirlardagi so‘nggi to‘rtta uchrashuvda jami 6 gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Yo‘qotishlar
«Uotford» tarkibida Yunus Kabul, Sebastyan Pryodl, Kreyg Ketkart  va Migel Britos jarohati sabab maydonga tusha olmaydi.
«Manchester Siti» tarkibida qisqa tanaffusdan so‘ng jamoa sardori Vinsan Kompani safga qaytgan. Ederson 4-turda yuzidan jiddiy jarohat olgan bo‘lishiga qaramasdan o‘yinga tushishga shay bo‘lib turibdi.

«Liverpul» - «Byornli»
(19:00, Translyatsiya: Futbol TV, Match! Futbol 1)

«Liverpul» Premer-Liga doirasidagi «Byornli»ga qarshi olti uchrashuvning beshtasida (1 mag‘lubiyat), jumladan «Enfild»dagi barcha uch uchrashuvda g‘alaba qozongan.

Agar «qizillar» bugun mag‘lubiyatga uchramagan taqdirda APL tarixida jami ochkolari 1000taga yetadi. Hozirgi vaqtda jamoa hisobida 999 ochko mavjud (483 o‘yin, 293 g‘alaba, 120 durang, 70 mag‘lubiyat).

Faqatgina «Chelsi» (172 daqiqa) bu mavsumda «Byornli»dan ko‘proq vaqt davomida (153) hisobda oldinda borgan.

«Byornli» futbolchisi Jonatan Uolters «Liverpul»ga qarshi yetti marta gol urgan bu ikki jamoa tarkibidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Yo‘qotishlar
«Liverpul» tarkibida Filippe Koutino joriy mavsumda birinchi marta maydonga tushishi mumkin, Simon Minole ham safga qaytgan. Ammo Klopp uzoq vaqtga yo‘qotilgan Adam Lallana, Nataniel Klayn va Denni Ingz xizmatidan foydalana olmaydi. Ularning safiga diskvalifikatsiya qilingan Sadio Mane ham qo‘shilgan.

«Byornli» bir necha oy davomida darvozaboni Tom Hiton xizmatidan foydalana olmaydi. Jyeff Hendrik esa jarohatidan tiklanib safga qaytgan.

«Tottenhem» - «Suonsi» 
21:30, Translyatsiya: Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Tottenhem» «Suonsi»ga qarshi APL doirasidagi 12 uchrashuvning birortasida ham mag‘lub bo‘lmagan (2 durang). Jumladan o‘z uyida kechgan olti uchrashuvning beshtasi g‘alaba qozongan.

«Shporlar» APL doirasida 10tadan ortiq uchrashuv o‘tkazgan raqiblar orasida eng ko‘p foizli g‘alaba koeffitsiyent (83,3 o‘yinlarda yutgan) ham aynan «Suonsi»ga qarshi o‘yinda bo‘lgan. Shuningdek o‘rtacha eng ko‘p golni ham (o‘rtacha har o‘yinda 2,33ta gol) «Suonsi» darvozasiga urgan.

Kristian Eriksen «Suonsi»ga qarshi APLdagi yetti uchrashuvda olti gol va to‘rtta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Boshqa birorta jamoaga qarshi o‘yinlarda u bu qadar sermahsul bo‘la olmagan.

Bu uchrashuvda joriy mavsumda darvoza tomon eng ko‘p («Tottenhem» 79 marta zarba bergan) va eng kam zarba bergan («Suonsi», 26 marta) jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ladi.

«Tottenhem» tarkibida Viktor Vanyama, Deni Rouz va Erik Lamela maydonga tusha olmaydi. Kevin Nkudu esa mashg‘ulotlarga qaytgan. Yo‘qotishlar borasida «Suonsi»da hech qanday muammo yo‘q.

«Chelsi» - «Arsenal»
17 sentabr, 17:30, Translyatsiya: Futbol TV, Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Chelsi» «Arsenal»ga qarshi o‘z uyida o‘tkazgan so‘nggi beshta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.

Agar «Arsenal» uchrashuvda to‘p o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, APL bir raqibga qarshi mehmondagi uchrashuvda ketma-ket gol o‘tkazish bo‘yicha eng uzun seriyani qayd etadi («Liverpul»ga qarshi 1999-2012 yillar oralig‘ida tinmasdan gol ).

Eden Azar «Arsenal»ga qarshi «Chelsi» uyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi to‘rtta uchrashuvning uchtasida gol urgan.

Bu Arsen Vengerning «Chelsi»ga qarshi 59-uchrashuvi bo‘ladi. Bu «Arsenal» bosh murabbiyi sifatida mutaxassislar uchun eng ko‘p natija.

Yo‘qotishlar
«Chelsi» yangi xarid qilgan Denni Drinkuoter jarohati sabab bu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Garri Keyhillning ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.

«Arsenal»da esa yarimhimoyachilar Mesut O‘zil va Aaron Remzining o‘yindagi ishtiroki fitness-testlardan keyin aniq bo‘ladi. Santi Kasorla esa uzoq vaqtdan buyon o‘ynay olmayapti.

«Manchester Yunayted» - «Everton»
17 sentabr, 20:00. Translyatsiya: Futbol TV,  Match! Futbol 1

O‘yinoldi qiziqarli faktlar
«Manchester Yunayted» Premer-liga doirasida «Everton»ni 33 marta mag‘lubiyatga uchratgan. Bu  mankunianlarning bitta jamoa ustidan bu qadar ko‘p g‘alaba qozonishi bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkich sanaladi («Aston Villa»ni ko‘proq yutgan).

Ronald Kuman Joze Mourinoga qarshi ketma-ket beshta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan birinchi murabbiyga aylanishi mumkin.

Romelu Lukakuning navbatdagi goli APL doirasidagi yubiley 90-goli bo‘ladi. Agar u bu o‘yinda gol ura olsa, 90ta gol urishga ulgurgan (24 yosh, 127 kun), Robbi Fauler (22 yosh 241 kun), Maykl Ouen (22 yosh, 324 kun) va Ueyn Runidan (24 yosh, 35 kun) keyin to‘rtinchi eng yosh futbolchiga aylanadi .

Ueyn Runi yoki Morgan Shnayderlin «Manchester Yunayted»da o‘ynab, keyinchalik unga gol urgan sakkizinchi (Hyuz, Dublin, Ins, Gillespi, Berg, Kempbell va Uelbekdan so‘ng) futbolchi bo‘lishi mumkin.

Yo‘qotishlar

«Manchester Yunayted» bir yarim oy muddatga Pol Pogbasiz qoldi. Lyuk Shou esa bu uchrashuvda safga qaytishi mumkin. Markos Roxo va Zlatan Ibrahimovich hamon tiklanish jarayonini o‘tamoqda.
«Everton»da Sheymus Koulmenning uzoq muddatga safdan chiqqanidan buyon boshqa muammolar yo‘q.

Qolgan uchrashuvlar
Haddersfild - Lester (16 sentabr, 19:00)
Nyukasl - Stok Siti (16 sentabr, 19:00)
Vest Bromvich - Vest Hem (16sentabr, 19:00).

Mavzuga oid
Top