19:15 / 16.09.2017
6092

BMT: Dunyoda och-nahorlar soni 10 yil ichida ilk bor ko‘paydi

Foto: Getty Images

2016 yilda dunyoda ocharchilikdan aziyat chekuvchilar soni 815 mln kishini yoki sayyoramiz aholisining 11 foizini tashkil qildi. Bu 2015 yildagi ko‘rsatkichdan 38 mln kishiga ko‘proq bo‘lgan. Bu haqda BMT tarkibiga kiruvchi uchta tashkilot – YUNISEF, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Butunjahon oziq-ovqat dasturiga iqtibos keltirgan holda DW nashri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, 2016 yilda ochlikdan aziyat chekuvchilar soni oxirgi 10 yil ichida ilk marta oshgan. 2005 yilda bunday odamlar miqdori 926 mln kishini tashkil qilgandi, biroq keyingi yillarda bu raqam muntazam kamayib borgan. 

Ochlikdan aziyat chekuvchi odamlar eng ko‘p Osiyoda yashaydi va ularning soni 520 mln kishini tashkil qiladi. Biroq Afrikada bunday odamlar ulushi eng ko‘pni, ya'ni aholining 20 foizini yoki 243 mln kishini tashkil qiladi. Sharqiy Afrikada ochlikdan aziyat chekuvchilar ulushi 34 foizdan iborat.

BMTning fikricha, dunyoda ocharchilik muammosining keskin avj olishi harbiy mojarolar va iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘langan.

Top