08:53 / 16.09.2017
9891

Fotojamlanma: Cassini zondi jo‘natgan so‘nggi suratlar

15 sentabrda Cassini sayyoralararo zondi Saturn atmosferasida yonib ketgach, uning 20 yillik missiyasi o‘z yakunini topdi. 1997 yilda Saturn tomon uchirilgan zond unga 2004 yilda yetib borgan va uning orbitasida 13 yil o‘tkazgan.

Zond Saturn atmosferasiga kirgach 2 daqiqaga qolmay yonib ketgan. Cassini’dan oxirgi signal Toshkent vaqti bilan soat 16:55da olingan, biroq u qurilmaning o‘zidan avvalroq yuborilgan – signalning Yergacha yetib kelishi 86 daqiqacha vaqtni olgan. NASA mutaxassislarining aytishicha, 13 yil ichida zondning batareyalari juda quvvatsiz holga kelgan va uni yo‘q qilib yuborish qarori u qulash vaqtida Saturnning yo‘ldoshlari Titan va Entseladga shikast yetkazmasligi tufayli qabul qilingan.

NASA agentligi zond yuborgan so‘nggi suratlarni chop etdi. Zond yuborgan yuz minglab suratlar Saturnning yo‘ldoshlari – Titan, Yapet va Entselad, uning halqalarini o‘rganishga imkon bergan. 

Foto: NASA

Saturn halqalari strukturasi

Foto: NASA

Saturnning eng katta yo‘ldoshi – Titan

Foto: NASA

Titan surati

Foto: NASA

Saturn halqalari

Foto: NASA

Saturn g‘arbiy yarimsharining oxirgi suratlaridan biri

Foto: NASA

Cassini zondining oxirgi rangli surati

Foto: NASA

Saturn yo‘ldoshi Entselad

Foto: NASA
Foto: NASA

Cassini dasturi rahbari Erl Meyz (markazda) uning yakunlanganini e'lon qilmoqda

Mavzuga oid
Top