15:32 / 16.09.2017
7034

Prezidentlar Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Foto: KUN.UZ

Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz"da 15-17 sentabr kunlari Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi. 

KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, 16 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev  ko‘rgazmaga tashrif buyurib, ekspozitsiyalar bilan tanishishdi. 

Mazkur ko‘rgazmada Qozog‘istonning avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalarining mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Top