00:09 / 16.09.2017
6047

Xiaomi va iHealth birgalikda kontaktsiz termometr yaratdi

Foto: 24gadget.ru

Xiaomi kompaniyasi rahbari brendning yangi mahsulotlari taqdimotida salomatlik uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi iHealth kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan Xiaomi iHealth kontaktsiz infraqizil-termometrini namoyish qildi. Model sensor datchiklar yordamida ishlaydi, o‘lchashdagi xatolik 0,2 gradusdan oshmaydi.

Foto: 24gadget.ru

Termometrdagi birinchi sensor – Heimann kompaniyasining infraqizil datchigi bo‘lib, u bir soniya ichida butun tananing harorati haqida ma'lumot to‘playdi. Ikkinchi sensor esa olingan natijaga atrof-muhit haroratining ta'sirini kamaytiradi.

Katta odam yoki boladagi tana haroratini o‘lchash uchun termometrni uning peshonasi markaziga olib kelish yetarlilik qiladi. O‘lchashlar yakunlangandan keyin qurilma vibratsiyalovchi signal beradi.  

Foto: 24gadget.ru

Model uch dona AAA batareykasidan ishlaydi va batareykalar sig‘imi 3000 ta o‘lchashga yetadi. Qurilma telefon bilan sinxronlikka ega emasligi sababli 20 dollargina turadi. 

Foto: 24gadget.ru

Yangi qurilma 15 sentabrdan sotuvga chiqarilishi kerak edi. Ushbu termometr arzonroq termometrlarni topish mumkin bo‘lgan bozorda talabgir bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. 

Mavzuga oid
Top