08:55 / 16.09.2017
14674

Jahl otiga mingan mushtumzo‘rlar

1 sentabr kuni soat taxminan 19.30larda Olmaliq shahar “1-Qatortol” ko‘chasida istiqomat qiluvchi V.U.ni tanishlari N.T., Sh.M., D.B. va A.B. o‘z uyi oldida urib, tan jarohati yetkazishgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Olmaliq Shahar IIB TI va ATB xabar berdi.

10 sentabr kuni kechki soat taxminan 02.30larda fuqaro B.A. fuqaro Sh.U.bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Jahl ustida B.A. fuqaro Sh.U.ga o‘tkir tig‘li jism bilan qasddan tan jarohati yetkazadi. Natijada Sh.U. markaziy shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Yana shunday mushtumzo‘rlik holati Ipak yo‘li ko‘chasida ham sodir etilgan. Fuqaro S.A. R.D.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro R.D.ning olgan jarohati sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati turiga kirishi bildirilgan. 

Top