09:50 / 17.09.2017
53969

Golovkin va Alvares jangi yakunlandi

16 sentabr oqshomida (Toshkent vaqti bilan 17 sentabr kuni tongi) AQShning Las-Vegas shahrida joylashgan mashhur T-Mobile arenada professional boks bo‘yicha yilning muhim janglaridan biri bo‘lib o‘tdi. WBA, WBC, IBF va IBO yo‘nalishlarida jahon chempioni, shu vaqtga qadar hech bir jangida mag‘lub bo‘lmagan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin The Ring versiyasi bo‘yicha vazn toifasidan qat'i nazar dunyoning eng kuchli bokschisi hisoblangan meksikalik Saul Kanelo Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi.

O‘rtaga WBC, WBA, IBF va IBO kamarlari tikilgan ushbu jang 12 raund davom etdi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, jang durang bilan yakunlandi  — 118-110 (Alvares), 115-113 (Golovkin) va 114-114.

Natijada Golovkin kamarlarni o‘zida saqlab qoldi.

Foto: Reuters
Foto: AFP
© AFP 2017/ AL BELLO
© AFP 2017/ AL BELLO
Foto: AFP
Foto: Match.TV
Foto: @GGGBoxing

Alvares o‘z faoliyatida shu vaqtgacha 51 jang o‘tkazib, 49 g‘alaba (34 nokaut) bir durang va bir mag‘lubiyat (Floyd Meyvezerdan) qayd etgan.

34 yoshli qozog‘istonlik bokschi hisobida jami 37ta g‘alaba bor (ulardan 33tasi nokaut bilan). U hamon yengilmas bokschi bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid
Top