12:20 / 17.09.2017
14368

Lineker Golovkin va Alvares jangi natijasiga o‘ziga xos munosabat bildirdi

Angliyalik sobiq futbolchi, hozirda teleboshlovchi sifatida ishlayotgan Gari Lineker Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o‘rtasida 76 kg vazn toifasida WBA, IBF va IBO kamarlari uchun kechgan jang natijasiga o‘ziga xos munosabat bildirdi.

«Durang. Qo‘shimcha vaqt va penalti belgilang, iltimos», — deya yozgan Lineker o‘z tvitterida.

Jangda hakamlardan biri Alvaresni, ikkinchisi Golovkinni g‘olib deb topdi, uchinchi hakam esa durang bo‘lganini qayd etdi. Bu natija esa qozog‘istonlik bokschiga kamarlarni o‘zida saqlab qolishga imkon berdi.

Mavzuga oid
Top