21:20 / 17.09.2017
16465

Hongkongda erkak “Tiriklayin ko‘milganlar” deb nomlangan attraksionda vafot etdi

Foto: RIA "Novosti"

Hongkongdagi Ocean Park ko‘ngilochar bog‘idagi “Tiriklayin ko‘milganlar” deb nomlangan attraksion unga 21 yoshli yigit tashrif buyurgandan keyin hayotdan ko‘z yumgani sababli yopib qo‘yildi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda

Voqea 16 sentabrda yuz bergan. Bog‘ rahbarining aytishicha, Cheng familiyali yigit attraksiondagi “arvohlar uyiga” kirgandan 5 minut o‘tib hushini yo‘qotgan. Bog‘ning yana bir vakilining aytishicha, yigitning jasadi attraksion ortidagi bog‘ xodimlari uchun mo‘ljallangan xonada aniqlangan. Taxmin qilinishicha, u bu yerga tasodifan kirib qolgan.

Yigitning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan. Politsiya tergov olib bormoqda. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yigit Swire Group kompaniyasining xodimi hisoblanib, bog‘da xodimlar uchun tashkillashtirilgan korporativ tadbirda bo‘lgan.

Top