18:20 / 17.09.2017
23346

Sudyalar oliy kengashi​ sudyalik lavozimiga nomzodlik zaxirasiga yangi arizalarni qabul qilmoqda

Ayni kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab, sudyalik lavozimiga nomzodlik zaxirasiga yangi nomzodlarni saralash bosqichi boshlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi Axborot xizmati vakili Kun.uz nashriga xabar bergan.

Sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga ega bo‘lgan, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obro‘-e'tiborga ega yuqori malakali yuristlar orasidan o‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik ixtisos bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin.

Sudyalik lavozimiga nomzodlik zaxirasiga kirish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga ariza bilan murojaat qiladi.

Sudyalik lavozimiga nomzodlik zaxirasiga kiritilishi qonunda belgilangan talab va tartib asosida amalga oshiriladi. Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga bevosita yoki Kengashning sudyalaroliykengashi.uz rasmiy veb-sayti orqali yoxud Kengashning 11-90 yoki 200-26-00 raqamli ishonch telefonlari, 215-73-08 yoki 215-73-11 xizmat telefonlari orqali murojaat etishlari hamda bo‘sh sudyalik lavozimlari to‘g‘risidagi axborot va o‘zlarini qiziqtirgan barcha ma'lumotlarni olishlari mumkin.

Top