17:30 / 17.09.2017
20612

O‘zbekiston taekvondochilari jahon chempionatida 26ta oltin medal bilan birinchi bo‘ldi

15-17 sentabr kunlari Italiyaning Rimini shahrida W.A.S.C.O yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida 11-Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Taekvondo-do ITF milliy assotsiatsiyasi jamoasi ham ushbu turnirda ishtirok etdi.

Turnirda o‘zbekistonlik sportchilar 26 oltin, 15 kumush va 18 bronza medal qo‘lga kiritishdi. O‘zbekiston jamoasi Rossiya, Italiya va Eron kabi terma jamoalarni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.

Italiyaga 54 nafar taekvondochi yo‘l olgandi, ular 4ta yo‘nalishda imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi: sparring, tul bahslari, maxsus texnika va tachsparring.

«Biz har bir xalqaro turnirga mas'uliyat bilan yondashamiz. Hamisha bunday katta turnirlarda munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. Hamisha O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishni istaymiz. Bu safar hammasi ajoyib bo‘ldi. Mustaqilligimizning 26 yilligiga 26 oltin medal sovg‘a qildik. Xalqimizni shunday yutuq bilan xursand qilishga harakat qildik», - degan O‘zbekiston Taekvondo-do ITF milliy assotsiatsiyasi prezidenti, turnirda delegatsiyaga rahbarlik qilgan Laziz Hasanov.

 

Top