15:30 / 18.09.2017
50068

«7 KUN»: Mushtumzo‘r hokim, O‘FFning yangi prezidenti va kaltaklangan shifokor - Kun.uz muhokamasida

Saytimiz ijodkorlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda ro‘y bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalarning tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv e'tiboringizga havola etib borilmoqda. «7 KUN» loyihasining to‘rtinchisi tayyor bo‘ldi va u an'anaviy tarzda KUN.UZ jurnalistlari Xurshid Daliyev va Alisher Ro‘zioxunov tomonidan olib borilgan.

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev yurtimizga ishchi tashrif bilan kelgani, «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangani ko‘rsatuv mavzularidan biri bo‘ldi. Ma'lumki, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 10 dan ziyod hujjat imzolandi, ikki davlat ishbilarmon doiralari 1,2 mlrd. dollarlik kelishuvlarni imzolashdi, davlatlar o‘rtasida tovar aylanmasini 5 mlrd. dollarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, ko‘rsatuv mobaynida quyidagi voqea-hodisa hamda yangiliklar tahlil etilgan:

  • Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xorijga tashriflarini boshladi — Turkmaniston va AQSh
  • Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh yurgan aholini jamoatchilik ishlari bilan ta'minlash yuzasidan Prezident qarori qabul qilindi
  • Mulk huquqini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi
  • Markaziy bank vakillari ommaviy axborot vositalarining to‘planib qolgan savollariga javob qaytarishdi
  • Xalqaro Press-klub yana jonli efirda ish boshladi
  • Toshkentda «tez yordam» shifokori uni chaqirgan fuqaro tomonidan do‘pposlandi
  • Sayxunobod tumani hokimi tumandagi maktab direktorlarini so‘kib urgani katta shov-shuv keltirib chiqardi
  • O‘zbekiston Futbol federatsiyasining prezidenti o‘zgardi
  • Toshkent shahrining yana 280ta chorrahasiga videokameralar o‘rnatilishi ma'lum qilindi
  • Toshkentda otishma sodir etilishiga sabab bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Odatdagidek, «Hafta yangiligi», «Hafta tayinlovi», «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramoni» va «Hafta antiqahramoni» nominatsiyalari bo‘yicha fikr yuritilgan.

Ko‘rsatuv so‘ngida har doimgidek, qisqacha futbol xabarlariga o‘rin ajratilgan.

«7 KUN» teleloyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Top