17:16 / 18.09.2017
144519

Dollarning rasmiy kursi pastlashda davom etdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 19 sentabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 12 sentabr kuni o‘rnatilgan kursga nisbatan qariyb 15 so‘mga pastlagan va 8077.48 so‘mga teng bo‘lgan (-14.65).

Bir yevro esa 72.52 so‘mga arzonlab, 9646.13 so‘mni tashkil etgan. 1 Rossiya rubli esa 0.99 so‘mga arzonlab, 140.22 so‘mga yetgan.

Ma'lumot uchun, Markaziy bank kursi, avvalgidek, hafta davomida valyuta birjasi savdolari chog‘ida qayd etilgan kurslarning o‘rtacha miqdori sifatida har dushanba kuni belgilanadi va O‘zbekiston hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun qo‘llaniladi.

Top