00:40 / 18.09.2017
5766

Italiya A seriyasining 4-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Twitter/ACMilan

Italiya A seriyasining 4-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘z uyida «Udineze»ni qabul qilgan «Milan» yangi xarid qilgan hujumchisi Nikola Kalinichning dubli evaziga g‘alaba qozondi va 4 uchrashuvda ochkolari sonini 9taga yetkazib olib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Torino» esa «Sampdoriya»ni yenga olmadi va aynan «Milan»ni oldinga o‘tkazib yubordi. Shuningdek «Kevo» «Atalanta» uchrashuvida ham g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa, «Kalyari» liga debyutanti SPAL uyidan g‘alaba bilan qaytdi.

Italiya A seriyasi, 4-tur

Milan – Udineze 2:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 22 Kalinich, 1:1 – 28 Lazanya, 2:1 – 31 Kalinich.
Milan: Donnarumma, Musakko, Bonuchchi, Romanoli, Bigliya, Kalabriya, Rodriges, Kessie, Bonaventura (Chalxanoglu, 69), Kalinich (Lokatelli, 85), Suso (Kutrone, 69).
Udineze: Skuffet, Larsen, Larangeyra, Nyuytink, Samir, de Paul, Bexrami (Fofana, 57), Barak, Yankto (Rider Matos, 74), Lopes (Bayich, 61), Lazanya.
Ogohlantirishlar: Barak (16), Romanoli (26), Samir (70).

Torino – Sampdoriya 2:2 (2:2)
Gollar: 0:1 – 1 Sapata, 1:1 – 13 Bazelli, 2:1 – 14 Belotti, 2:2 – 34 Kualyarella.
Torino: Sirigu, de Silvestri, Nkulu, Moretti, Barreka, Rinkon, Bazelli (Gustafsson, 71), Yago Falke (Edera, 80), Lyayich, Nyang (Boyye, 73), Belotti.
Sampdoriya: Pudjoni, Sala (Bereshinski, 46), Silvestre, Redjini, Strinich (Murru, 66), Barreto, Torreyra, Prat, Ramires (Linetti, 82), Kualyarella, Sapata.
Ogohlantirishlar: Strinich (59), de Silvestri (60), Moretti (90).

Kevo – Atalanta 1:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 52 Basten, 1:1 – 85, penalti Gomes.
Kevo: Sorrentino, Kachchatore, Tomovich, Tsesar, Gobbi (Gamberini, 54), Basten, Radovanovich, Xetemay (Depaoli, 74), Kastro, Ingleze, Birsa (Puchcharelli, 79).
Atalanta: Gollini, Masello, Kaldara, Palomino, Xatebur, de Ron, Froyler (Kristante, 67), Kastan (Orsolini, 74), Ilichich, Kurtich, Petanya (Gomes, 52).
Ogohlantirishlar: Tsesar (41), Basten (44).

SPAL – Kalyari 0:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 17 Barella, 0:2 – 68 Joao Pedro.
SPAL: Gomis, Salamon, Vikari, Vyaysyanen (Bonatstsoli, 81), Ladzari, Skyattarella, Viviani, Mora, Kosta (Mattello, 81), Paloski (Antenuchchi, 64), Borrello.
Kalyari: Krano, Padoin, Cheppitelli, Pizakane, Kapuano, Ionitse, Chigarini (Farago, 86), Barella, Joao Pedro (Romanya, 90), Pavoletti, Sau (Farias, 66).
Ogohlantirishlar: Joao Pedro (11), Kapuano (60), Barella (78), Mora (90).

Top