09:42 / 18.09.2017
16900

Malayziyalik jangarilar rohingyalar atrofidagi inqiroz tufayli Myanmaga jo‘nab ketishdi

IShID terrorchilik guruhi bilan aloqalarda bo‘lgan malayziyalik jangarilar Myanmaga, rohingya musulmonlari manfaatlarini himoya qilish bahonasi bilan jo‘nab ketishdi. Bu haqda New Straits Times gazetasi Malayziya politsiyasining terrorchilikka qarshi departamenti rahbari yordamchisi Ayub Xon Midinga asosan yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID ekstremistlari “rohingyalar omilidan yangi radikallarni yollash uchun foydalanishmoqda”. Politsiyachining ta'kidlashicha, "Myanma Malayziyaga Suriya va hattoki Filippinning janubiy tumanlaridan ancha yaqinroq". "Aynan rohingyalar atrofidagi vaziyat [ekstremistlarga] “jihod” uchun ustuvor maqsadga aylandi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Bundan tashqari, terrorchilikka qarshi departament vakilining xabar berishicha, "olingan tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, Myanma g‘arbida indoneziyalik jangarilar ham bo‘lishi mumkin".

Rohingya musulmonlari Myanma g‘arbida istiqomat qiladi. Hukumat ularni Bangladeshdan bo‘lgan noqonuniy muhojirlar, deb hisoblaydi. Rakxaynda diniy asosda bir necha marta nizolar yuzaga kelgan, natijada musulmonlar va mahalliy buddaviylar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. So‘nggi yillarda minglab odamlar zo‘ravonlik qurboniga aylandi. 

Mavzu
Myanma fojialari

O‘tib borayotgan hafta davomida Myanmada istiqomat qiluvchi kam sonli rohingya jamoalari yashaydigan 2,600 dan ortiq uylarga o‘t qo‘yildi.

Barchasi
Top