17:11 / 18.09.2017
16375

«Real» futbolchisi - irqchi

Madridning «Real» klubi himoyachisi Daniel Karvaxal irqchilikda ayblanmoqda. Bu haqda Football Espana nashri Mundo Deportivo manbasiga tayanib xabar tarqatgan.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ushbu vaziyat madridliklarning «Levante»ga qarshi 3-tur uchrashuvi (1:1) vaqtida sodir bo‘lgan. Uchrashuvning 66-daqiqasida Karvaxal «Levante» yarimhimoyachisi Xefferson Lermaga nisbatan juda qo‘pol harakat qilgan, shundan so‘ng futbolchini maymun deya haqorat  qilgan. Uchrashuv bosh hakami Alexandro Xose Ernandes Ernandes Karvaxalning bu gaplarini eshitmay qolgan, lekin unga qo‘pol o‘yini uchun ogohlantirish ko‘rsatgan. Shundan keyin Lerma yana diqqat-eʼtibor markaziga tushgan. 89-daqiqasida aynan unga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik natijasida Marselo qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.

Ushbu vaziyat hakam qaydnomasida yozilmagani uchun, La Liga mazkur vaziyat yuzasidan o‘z ixtiyoriga maxsus tekshiruv o‘tkazmoqchi.

Top