09:53 / 18.09.2017
16850

Video: «PSJ»da Braziliya va Urugvay ziddiyati boshlandi

«PSJ» himoyachisi Dani Alves «Lion»ga qarshi kechgan o‘yinda jarima zarbasi belgilangan vaqtda jamoa hujumchisi Edinson Kavani bu zarbani amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymadi.

Bu holat videosida u to‘pni quchoqlab olib Kavanidan yashirgani va keyin vatandoshi Neymarga uzatganini ko‘rish mumkin.

O‘yinning 79-daqiqasida ham Neymar va Kavani penaltiga talashgan, urugvaylik futbolchi to‘pni Neymarga bermagan, uning o‘zi gol ura olmagan. Bu vaqtda hisob 1:0 ko‘rinishida edi.

«PSJ» «Lion»ni 2:0 hisobida mag‘lub qildi. Parijliklarning g‘alabali seriyasi 6 o‘yinga yetdi, «Lion» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

O‘yindagi ikki gol ham mehmonlar jamoasi himoyachilari nomiga avtogol sifatida yozildi. Marselo va Jyeremi Morel Kavani va Mbappening zarbalaridan keyin to‘pni darvozaga yo‘llab qo‘ydi.

Mavzuga oid
Top