11:55 / 19.09.2017
4033

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida XMT delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: Uzdaily

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov Xalqaro Mehnat Tashkilotining «O‘zbekiston Respublikasida Munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat Dasturini amalga oshirishni» qo‘llab-quvvatlash loyihasi katta texnik maslahatchisi A.Xauzenni qabul qildi. Uchrashuvda, shuningdek, Xalqaro munosabatlar va Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan ishlash sho‘'basi boshlig‘i B.Alimuxammedov ham ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad - Munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat Dasturi doirasida turli loyihalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish.

Tomonlar 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan «Munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat Dasturi»ni amalga oshirish doirasida XMT bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida ham ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishib oldilar.

Top