18:17 / 19.09.2017
6607

Ushu bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston o‘smirlari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

14 sentabr kuni Janubiy Koreyaning Gumi shahrida o‘smirlar o‘rtasida ushu sporti bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.

22 sentabrga qadar davom etadigan turnirga O‘zbekiston delegatsiyasi 11 nafar sportchi bilan yo‘l olgan. 18 sentabr kungi bahslar O‘zbekiston vakillari uchun omadli keldi. Dariya Latesheva oltin medal (taolu), Shohjahon Tiloviddinov esa bronza medal (taolu) oldi.

Shuningdek, Ahmad Umarov (sanda) yarim finalga chiqdi. Bugun u yarim finalda g‘alabaga erishsa, finalda oltin medal uchun kurash olib borishi mumkin bo‘ladi.

Top