17:40 / 20.09.2017
15586

Apple rahbari iPhone X'ning narxi haqidagi savolga javob berdi

Foto: Reuters

Apple korporatsiyasining bosh direktori Tim Kuk iPhone X uchun belgilangan 1000 dollarlik narxni  "oqilona" deb hisoblaydi. U ABC kanalining Good Morning America shousida shu haqida ma'lum qildi. 

"Bu siz olayotgan texnologiyalar uchun oqilona narx. Ma'lum bo‘lishicha, aksariyat odamlar telefon uchun uzoq vaqt davomida hisoblashib yurishar ekan. Shunday ekan, hamma ham telefonning bor narxini bittada e'lon qilavermaydi. Bundan tashqari, ko‘pchilik avvalgi smartfonini oldindan sotadi, ba'zi sotuvchilar esa ularga chegirmalar taklif qilishadi", - deya ta'kidladi Kuk. 

Shuningdek Apple rahbari iPhone X'dagi Face ID xavfsizligiga doir savollarga javob berdi. U barcha ma'lumotlar faqat qurilmaning o‘zida saqlanishi va hech qayerga yuklanmasligini ta'kidladi. 

iPhone X 12 sentabr kuni Apple korporatsiyasining Kaliforniyadagi taqdimotida namoyish qilindi. Smartfon deyarli butun frontal panelni egallovchi 5,8 dyuymli OLED-displeyga ega bo‘ldi. Shuningdek qurilma yangi kamera va simsiz zaryadka bilan ta'minlandi. Telefon sotuvlariga noyabr oyida start beriladi. 

Top