12:39 / 20.09.2017
14683

«Barselona» Koutinoni nega sotib olmagani ma'lum bo‘ldi

Foto: Goal.com

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu «Liverpul» yarimhimoyachisi Filippe Koutinoning transferi nega amalga oshmay qolgani borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men «Liverpul»ga taklif qilgan pul mablag‘i haqida gapirishni istamayman, ammo aytishim mumkin bo‘lgani, ular Koutino uchun 200 million yevro so‘rashdi.

Biz 150-200 million to‘lash niyatimiz yo‘q edi va shu sababdan ham bu kabi noxolis bozordan chiqib ketishga qaror qildik. Bizning taklif 100 million yevrodan kamroq edi, lekin bonuslar hisobiga bu summa 120 million yevroga qadar yetishi mumkin bo‘lardi.

Pul futbolning tashqi tomoniga ta'sir o‘tkazdi va bu transferlar bozorida narxlarning o‘sib ketishiga sabab bo‘ldi. Koutino bilan bog‘liq vaziyatni shu bilan izohlash mumkin.

Biz klub akademiyasi La Masiyaga investitsiya kiritishimiz va o‘zimizning qoidalarni hurmat qilishimiz kerak.

Shu sababdan ham «PSJ» ustidan boshlangan tekshiruvdan xursandman. Ular Yevropa futboliga salbiy ta'sir o‘tkazishdi», – deya Bartomeuning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Top