03:29 / 20.09.2017
6138

"Bavariya" safarda "Shalke-04"ni yirik hisobda yengdi

Foto: Twitter/FCBayern

Germaniya chempionati 5-tur markaziy o‘yinida "Shalke-04" o‘z uyida "Bavariya"ni qabul qildi. Uchrashuv 0:3 hisobida mehbonlarning foydasiga hal bo‘ldi. 

Hisobni 25-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Levandovski ochgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib, Xames gol urdi. 75-daqiqada Vidal tomonidan kiritilgan gol mehmonlarning yirik g‘alabasini ta'minladi. 

Shalke-04 – Bavariya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 25, penalti Levandovski, 0:2 – 29 Xames, 0:3 – 75 Vidal.
Shalke-04 – Fermann, Kerer, Naldo, Nastasich, Kalidjuri, Makkenni (Embolo, 57), Bentaleb, Ochipka, Gorettska, Xarit (Konoplyanka, 46), Burgshtaller (Di Santo, 78).
Bavariya – Ulrayx, Kimmix, Martines (Xummels, 77), Zyule, Rafinya, Tolisso (Vidal, 69), Rudi, Xames, Myuller, Koman, Levandovski (Alkantara, 65).
Ogohlantirishlar: Embolo (64), Alkantara (87).

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

Augsburg – RB Leyptsig 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 4 Gregorich.
Augsburg – Xitts, Opare, Gaueleu, Xinteregger, Maks, Xedira, Moravek (Xeller, 63), Bayyer, Gregorich (Gu Chja Chxol, 46), Finnbogason (Kordova, 89), Kayubi.
RB Leyptsig – Mvogo, Shmitts (Kayzer, 81), Orban, Kompper (Ilzanker, 46), Xalstenberg, Kampl, Demme, Zabittser, Bruma, Poulsen (Forsberg, 60), Verner.
Ogohlantirishlar: Moravek (50), Zabittser (52), Kampl (77), Bayyer (78).

Volfsburg – Verder 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 28 Origi, 1:1 – 56 Bartels.
Volfsburg – Kastels, Verxag, Knoxe, Uduoxay, Gerxardt, Kamacho (Gilavogi, 70), Arnold, Malli, Didavi (Villiam, 88), Ntep (Dimata, 78), Origi.
Verder – Pavlenka, Bauer, Velkovich, Kaldirola, Eggeshtayn (Belfodil, 46), Gebre Selassiye, Augustinsson, Gondorf (Bargfrede, 46), Dileyni, Bartels (Xayrovich, 90), Kaynts.
Ogohlantirishlar: Gondorf (43), Kaynts (50), Kamacho (61).

Borussiya M – Shtutgart 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 57 Raffael, 2:0 – 74, penalti Raffael.
Borussiya M – Zippel, Elvedi, Ginter, Vestergor, Vendt, Xerrmann (Djonson, 70), Kramer (Kyuizans, 46), Zakariya, Azar, Shtindl, Raffael (Bobadilya, 90).
Shtutgart – Tsiler, Baumgartl, Pavar, Kaminski, Bek, Mangalya (Burnich, 78), Askasibar, Aogo (Ailton, 75), Asano (Brekalo, 62), Donis, Terodde.
Ogohlantirish: Terodde (72).

Top