12:20 / 20.09.2017
14436

“Qishloq qurilish bank” valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi qulayliklar – Siz uchun!”

Foto: Qishloq qurilish bank

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga molikdir.

Mazkur Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” tizimida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan,  aholiga va yurtimiz mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida:

- bank tizimidagi mavjud 15 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasiga qo‘shimcha ravishda bankning mintaqaviy va tuman filiallari binolari hamda yirik bozor va savdo markazlari hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mini-banklarda jami 33ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi tashkil etildi;

- joriy yilning 5 sentabridan buyon bank valyuta ayirboshlash shoxobchalarida aholidan naqd xorijiy valyutalar sotib olinishi yo‘lga qo‘yildi;

- valyuta ayirboshlash shoxobchalari ertalab soat 9-00 dan kech soat 22-00 gacha, tushliksiz faoliyat yuritishi ta'minlanmoqda;

- bank tomonidan mavjud 10 ta konversion operatsiyalar bo‘limlariga qo‘shimcha ravishda yana 29 ta filialda konversion operatsiyalar bo‘limlari tashkil etildi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Bugungi kunda “Qishloq qurilish bank”da:

- chet el valyutasini sotib olish maqsadida ishlatiladigan konversion kartalarni rasmiylashtirish uchun amalga oshiriladigan to‘lov  100,0 ming so‘mni  tashkil qiladi;

- chet el valyutasini xarid qilish uchun mablag‘ naqd, bankda saqlanayotgan omonatlar, konversiya qildiruvchining plastik kartochkalaridagi mablag‘lar hisobiga amalga oshirilmoqda;

- chet el valyutasidagi kartaning kamaytirilmaydigan qoldiq depoziti 100 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu mablag‘ karta egasiga tegishli bo‘lib, u chet el banklari tomonidan kartaga ko‘rsatilgan xizmat uchun mablag‘ yechib olinishi oqibatida karta balansining pasayib ketishi natijasida bank-emitent ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan va mazkur mablag‘ qoldig‘i karta yopilayotgan paytda karta egasiga qaytarib beriladi;

- xalqaro to‘lov kartasi balansida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to‘lovlar o‘tkazilganda bank komissiyaci miqdori 0,7 foizni hamda bankomat orqali naqd pul olinganda ushlab qolinadigan bank komissiyaci miqdori 1 foizni tashkil etadi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Yana bir qulaylik:

- bankda konversion kartalararo pul o‘tkazmalari xizmati joriy etildi. Endilikda konversion karta egalari o‘z hisobidan xorijiy valyutani qabul qiluvchi chet elda bo‘lgan taqdirda ham kartadan kartaga o‘tkazishlari mumkin. Bunda mablag‘ o‘tkazuvchi ham, qabul qiluvchi ham ATB “Qishloq qurilish bank” konversion kartalari egalari bo‘lishlari lozim.

Ayni vaqtda, xarid qilinadigan valyuta miqdori, valyuta sarflanishi rejalashtirilgan davlatlar va bankomatlarda yechiladigan valyuta miqdoriga hech qanday cheklovlar mavjud emas.

ATB “Qishloq qurilish bank”da valyuta ayirboshlash masalalari bo‘yicha “Ishonch telefonlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bank mijozlari va fuqarolar quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar, shuningdek, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilishlari mumkin:

(0-371) 150-10-01, 150-76-46, 150-76-84.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Bank axborot xizmati

Reklama huquqlari asosida

Mavzuga oid
Top