09:43 / 20.09.2017
22237

O‘FFning yangi prezidentidan hakamni jazolashni so‘ragan muxlislar murojaati qondirildi

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘i asosida Hakamlar va inspektorlar qo‘mitasining navbatdagi majlisi chaqirilib, unda Rustam Bobomurodovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi.

O‘FF matbuot xizmati xabar berishicha, shu yilning 16 sentabrida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan «Buxoro»-«Dinamo» uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodovning hakamligini O‘FF hakamlar va inspektor ilmiy-uslubiy ta'minoti bo‘limi ko‘rib chiqdi. Bo‘lim boshlig‘i Arslon Xatamov yakunda Rustam Bobomurodovga qoniqarsiz 4 ball qo‘ydi.

Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi boshlig‘i Noil Lutfullin qo‘mita yig‘ilishida so‘zga chiqib Rustam Bobomurodov masalasi bo‘yicha «Hakamlarning tartib-intizom kodeksi» asosida qaror qabul qilishni taklif qildi. Natijada oliy liganing 21-tur o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan «Buxoro»-«Dinamo» o‘yinida bir necha jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan Rustam Bobomurodovningxizmat haqi yuz foizga kamaytirilib, hakamlikdan butunlay chetlatildi.

So‘nggi paytlarda O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasiga Rustam Bobomurodovning masalasi yuzasidan qanday qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi murojaatlarning oqimi kuchaygan edi.

Buxorolik muxlislar «Buxoro» o‘yinini boshqargan hakamni jazolashini so‘rab, O‘FF va PFLga murojaat qildi

Top