18:36 / 20.09.2017
75693

O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqami qariyb 51 million so‘mga sotildi

Foto: KUN.UZ
Foto: avtoraqam.uzex.uz

O‘zbekistonda avtomobil davlat raqamlarining onlayn-auksionida Z 770 ZA “chiroyli” raqami 50 773 725 so‘mga sotildi. Bu haqda auksion bo‘lib o‘tayotgan saytda xabar qilingan.

Boshlang‘ich narxi 7 488 750 so‘m bo‘lgan Z 770 ZA (Toshkent) avtomobil raqami jismoniy shaxsga sotildi.

Ta'kidlab o‘tish lozimki, hozirgi paytda auksionda jismoniy shaxslar uchun 751 ta raqam belgisi sotuvga qo‘yilgan.

Avtomobil raqamlarini savdolarga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB bo‘linmalari mas'ul xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Top