17:42 / 21.09.2017
9792

Yangi elektroavtobus jahon rekordini o‘rnatdi

AQShning Proterra firmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Catalyst E2 Max modelidagi elektroavtobus navbatdagi jahon rekordini o‘rnatdi. U akkumulyatorlarni bir quvvatlantirish bilan 1772 kilometr masofani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

Proterra Catalyst E2 Max o‘n sakkiz tonna og‘irlikka ega. U sig‘imi 660 kilovatt-soatga teng batareyalar bilan jihozlangan. 12 metr keladigan elektroavtobus soatiga 24 kilometr tezlikda yetmish olti soat “sayohat” qilgan. 

Foto: Proterra

Yangilik Indianadagi Navistar poligonida, salonda yo‘lovchilarsiz va bekatlarsiz sinovdan o‘tkazildi. Agarda haqiqiy sharoitda tegishli sinovlar o‘tkazilsa, Catalyst E2 Max’ning yurish masofasi jiddiy darajada qisqaradi. Elektr avtobus shahar sharoitida quvvat olmay turib 563 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin.

Foto: Proterra

Bu model chiqarilgunga qadar “sayohat” davomiyligi bo‘yicha rekord Schluckspecht-E elektrokariga tegishli edi. Bu elektromobil olti yil avval 36 soat davomida 1631 kilometr masofani ham quvvatlanmay turib bosib o‘tgandi. Biroq, u Catalyst E2 Max’dan 46 marotaba yengilroq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top