08:18 / 21.09.2017
5676

Poroshenko Donbassda BMT tinchlikparvar kuchlari tezroq joylashishini xohlamoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko chorshanba kuni BMTni Donbassda tinchlikparvar kuchlarni tezroq joylashtirishga chaqirdi. Shu bilan birga, u Rossiyaning Donbass va tinchlikparvarlar bo‘yicha taklifini tanqid qildi, biroq jurnalistlarning bu masala bo‘yicha bir qarorga kelish mumkinligi bo‘yicha savoliga u ijobiy kayfiyatda javob qaytargan.

Poroshenko BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida chiqish qilar ekan, tashkilotni Donbassda tinchlikparvar kuchlarni tezroq joylashtirishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bu masala bo‘yicha fikrlar almashinuvi jarayonida konstruktiv ishtirok etishga tayyor.

"Samarali tinchlikparvarlik va vaziyatga yechim topish uchun yo‘l Ukrainadan barcha xorijlik harbiylar, yollanma shaxslar, qurol va vositalarni olib chiqish orqaligina o‘tadi", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Ukraina prezidentining vazirlar darajasidagi yig‘ilishdan so‘ng jurnalistlarga xabar berishicha, bu masala bo‘yicha bir qarorga kelish “mumkin”. Poroshenko BMT tinchlikparvar kuchlari “mamlakatning Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududida” joylashishi kerakligini aytdi. Uning fikricha, Donbassdagi vaziyatga yechim topish bu mintaqadan “rus qo‘shinlari olib chiqilmasa” imkonsizdir.

Shuningdek, Ukraina prezidenti BMT bosh kotibini Donbassdagi vaziyatni baholash uchun texnik missiyani jo‘natishga chaqirdi, ular tinchlikparvarlik missiyasining joylashtirilishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

Top