18:37 / 21.09.2017
12938

Toshkent viloyatida 3 yoshli bola cho‘kib ketdi

O‘rtachirchiq tumanida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 3 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar qilgan.

Fojia jabrlanuvchi qarovsiz qolib, uyi oldidan oqib o‘tuvchi ariqda cho‘kib ketishi natijasida sodir bo‘lgan.

Viloyat prokuraturasi xabarida aytilishicha, mazkur baxtsiz hodisa bolalar o‘limiga olib kelgan yagona holat emas. Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning aksariyati ota-onalar tomonidan farzandlarini qarovsiz qoldirilishi natijasida yuzaga kelgan.

Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qurbonlarning yaqinlari va oila a'zolariga hamdardlik bildirilib, bu kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ota-onalardan har qanday holatda o‘z farzandlarini qarovsiz qoldirmaslik so‘ralgan.

Mavzuga oid
Top