14:23 / 22.09.2017
12165

OAV: Eron yangi ballistik raketani taqdim etdi

Foto: AFP

Tehronda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va yuqori mansabli harbiy amaldorlar ishtirokidagi harbiy parad vaqtida yangi ballistik raketa taqdim etildi.

Bu haqda Press TV telekanali brigada generali Amir Ali Hojizodaga asosan xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, raketa ikki ming kilometrlik parvoz masofasiga ega hamda bir necha jangovar kallakni o‘zida olib yurishi mumkin.

Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat o‘z raketa salohiyatini mustahkamlashi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top