13:52 / 22.09.2017
10238

Shavkat Mirziyoyev Meksika prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: AFP

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Meksika rahbariga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilgan.

«Meksikadagi talofatli zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi» – deyiladi Shavkat Mirziyoyevning Meksika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Enrike Penya Netoga yo‘llagan maktubida.

Davlat rahbari butun Meksika xalqiga, shuningdek, nobud bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

Avvalroq Meksikada 19 sentabr kuni yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni hozirgi paytga kelib 286 kishini tashkil etgani xabar berilgandi.

Top