22:40 / 23.09.2017
14145

Fransiya. Neymarsiz qolgan «PSJ» ochko yo‘qotdi

Fransiya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan e'tiborga molik uchrashuvlardan biri Monpeleda bo‘lib o‘tdi. Mahalliy jamoa peshqadam «PSJ»ni qabul qildi.

Neymarsiz maydonga tushgan parijliklar bu uchrashuvda muvaffaqiyat qozona olishmadi. 90 daqiqa davomida darvozalar ishg‘ol qilinmadi va uchrashuv nursiz durang bilan tugadi.

Ushbu natijadan keyin «PSJ» hisobidagi ochkolar soni 19taga yetdi va jamoa hamon turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Fransiya chempionati, 7-tur

Monpele – PSJ 0:0

Monpele: Lekomt, Pedru Mendesh, Ilton, Kongre, Russiyon (Mukiyele, 71), Skiri, Sambiya (Piris, 70), Sessenon, Lasn, Agilyar, Ninga (Mbenza, 82).
PSJ: Areolya, Markinos, Berchiche, Menyo (Dani Alves, 71), Tiago Silva, Verratti, Motta (Lo Chelso, 80), Rabo, Draksler (Lukas Moura, 66), Mbappe, Kavani.
Ogohlantirishlar: Markinos (12), Ninga (31), Pedru Mendesh (41), Lukas Moura (75).

Top