19:50 / 24.09.2017
10869

Afg‘onistonda terrorchi NATO karvoni oldida o‘zini portlatdi

Foto: twitter.com/@1TVNewsAF

24 sentabrda Afg‘oniston poytaxti Kobul tumanlaridan birida NATOning avtomobil karvoni yo‘lida terrorchi-xudkush o‘zini portlatdi, deb xabar bermoqda Pajhwok Afghan News nashri.

Portlash oqibatida 4 nafar mahalliy fuqaro jarohatlangan. NATO harbiylari orasida qurbonlar va jabrlanganlar borligi haqida ma'lumot berilmagan.

Top