13:00 / 24.09.2017
28062

Ashxobod-2017. O‘zbekiston uchinchi o‘ringa qaytdi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. 17 sentabr kuni boshlangan turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakillari 22-23 sentabr kunlari 6ta oltin, 9ta kumush va 12ta bronza olishdi.

Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi 16ta oltin, 26ta kumush va 48ta bronza olishga ulgurishdi hamda umumiy reytingda Turkmaniston va Erondan keyingi uchinchi o‘rinda joylashib turibdi.

Turnir 27 sentabrga qadar davom etadi.

Top