Mali shimolida yuz bergan portlashda BMTning Malidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘p yo‘nalishli missiyasining 3 nafar xodimi halok bo‘ldi, yana 5 kishi yaralandi.
Bu haqda missiyaning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, missiya avtomobili Gao viloyatida minada portlagan.
Halok bo‘lganlarning fuqaroligi ma'lum qilinmagan.
Avgustda Malida BMT bazasiga hujum qilinishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgandi.