8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:40 / 24.09.2017 124715

Video: KXDR amerikaliklarning samolyotlari va harbiy kemalarini «portlatib yubordi»

Shimoliy Koreya nashrlari KXDR raketalari tomonidan amerikaliklarning samolyotlari va avianosetslari yakson qilishi haqidagi fotolar hamda videokollajlar seriyasini davom ettirdi. Bu haqda 24 sentabr kuni Janubiy Koreyadagi «Yonhap» agentligi xabar tarqatgan.

Xususan, videolardan birida amerikaliklarning B1-B rusumli bombardimonchisi va F-35 rusumli qiruvchi samolyoti urib tushirilgani ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, ballistik raketa orqali amerikaliklarning «Karl Vinson» (USS Carl Vinson) aviatashuvchisi hamda unga ortilgan bombardimonchi samolyotlar yakson qilingani tasvirlari yasalgan.

Bu kollajlar 23 sentabr kuni AQSh Harbiy-havo kuchlarining B-1B Lancer samolyoti qiruvchi samolyotlar hamrohligida Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi harbiylardan xoli qilingan hudud osmonidan uchib o‘tishi ortidan paydo bo‘ldi. 

Samolyotlar harbiylardan xoli qilingan hududdan shimol tomon XXI asrda avval kuzatilmagan darajada ichkariroq kirib borishgan.

Shu orqali AQSh harbiy imkoniyatlarini namoyish qilgandi. 

Bu voqeadan ko‘p o‘tmasdan Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo BMT Bosh assambleyasidagi chiqishi chog‘ida AQSh prezidenti Donald Trampni «ruhiy xasta» deb atadi.

«Reallik shundan iboratki, ruhiy nosog‘lom, o‘ziga yuksak baho beruvchi va daho sanovchi, biroq hatto Amerika xalqi ham qabul qilmayotgan inson prezidentlik lavozimini egallab turibdi. Butun hayoti davomida po‘pisa, aldov va boshqa qing‘ir usullardan foydalanib kelgan o‘yinchi qo‘l ostida qizil tugma bo‘lgan mamlakatni boshqarayotgani achchiq haqiqat. Bugungi kunda dunyoda tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid shundan iborat», — dedi Li Yon Xo.

Bunga javoban esa Tramp Shimoliy Koreya uzoqqa bora olmasligi haqida aytdi.

«Hozirgina Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining BMTdagi nutqini tingladim. Agar u kichkina raketa-odamning fikrlarini takrorlashda davom etsa, ular uzoqqa bormaydilar!», deb yozgan Tramp tvitterda.

Top