17:10 / 25.09.2017
9675

Air Astana aviakerosin bilan bog‘liq favqulodda vaziyat haqida bong urmoqda

Foto: Tengrinews

Rossiyadan aviakerosin yetkazib berish to‘xtatilgani  hamda Chimkent neftni qayta ishlash zavodi faoliyati to‘xtashi munosabati bilan Qozog‘iston respublikasiga doimiy aviaparvozlarni amalga oshirish to‘xtash arafasida qolmoqda. Air Astana aviakompaniyasi shunday bayonot bermoqda, deb xabar qilgan Tengrinews.kz.  

Qayd etilishicha, aviayoqilg‘i bilan bog‘liq vaziyat 2017 yili yomonlashgan. Air Astana ma'lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonga 2016 yili 44 ming tonna aviakerosin yetkazib berilgan bo‘lsa, bu yil uning hajmi 15 ming tonnani ham tashkil etganicha yo‘q. Yetkazib beruvchilar buni Rossiya bozorida talab yuqori ekani bilan izohlashgan. 

Ayrim kompaniyalar neft mahsulotlari yetkazib berishni kelasi yil may oyidan avval boshlay olmasligini bildirmoqda. "2017 yili fuqaro aviatsiyasining aviakerosinga talabi 800 ming tonnani tashkil etgan, shundan 241 ming tonnasi Chimkent NQZda ishlab chiqariladi. Biroq shu yil kuzidan u joriy ta'mirlash ishlarini o‘tkazish maqsadida to‘xtaydi. Bu esa vaziyatni yanada chigallashtiradi", - deyiladi bayonotda. Unda ta'kidlanishicha, mamlakatdagi fuqaro aviatsiyasi bir necha yillar mobaynida 70 foizga xorijdan import qilinadigan yoqilg‘iga bog‘lanib qolgan. 

"Rossiyadan aviayoqilg‘i yetkazib berilishining to‘xtatilishi Qozog‘iston respublikasiga keladigan va undan uchadigan aviaparvozlarni yonilg‘i bilan ta'minlash vazifasini xavf ostida qoldiradi. 

Top