09:45 / 25.09.2017
12932

AQShda tovush tezligidan tez uchuvchi samolyot prototipi yaratildi

Foto: Spike Aerospace / Facebook

Sobiq ittifoqning tovush tezligidan tez uchuvchi afsonaviy Tu-144 va Fransiyaning "Konkord" samolyotlarining S-512 kod nomini olgan vorisi AQShning Spike Aerospace kompaniyasi tomondan yaratildi. Samolyot hozircha texnologiyalarni namoyish qiluvchi kichikroq o‘lchamdagi nusxada yaratilgan, deb xabar bermoqda Aviation Week nashri.

Aynan shu prototipda ilk sinov parvozlari amalga oshiriladi. S-512 o‘zining oxirgi parvozini 2003 yilda amalga oshirgan "Konkord" davri yakunlangandan keyingi tovush tezligidan tez uchuvchi ilk samolyot bo‘ladi. Frantsuz samolyotlari va Tu-144 chiptalari qimmatligi va yonilg‘ini ko‘p sarflashi sababli foydalanishdan olingandi.

Amerikalik muhandislar samolyotni tejamliroq va chiptalarini arzonroq qilishmoqchi. Biroq Tu-144 va "Konkord"dan farqli, yangi samolyot o‘z bortiga ancha kamroq yo‘lovchi oladi: u 22 nafar yo‘lovchini 11,5 ming km masofaga eltib qo‘yishi mumkin. Ta'kidlanishicha, prototipning parvozlari 2019 yilda o‘tkaziladi, uning to‘laqonli varianti esa o‘zining ilk parvozini 2021 yilda bajaradi.

Mavzuga oid
Top