Kanadaning Lucara Diamond Corp. kompaniyasi dunyodagi ikkinchi eng yirik olmos – Lesedi 53 mln. dollarga sotilgani haqida ma'lum qildi.
Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Botsvanadagi kondan topilgan va «Bizning nur» nomini olgan olmos 1 ming qirotdan ko‘proq og‘irlikka ega.
Qimmatbaho toshni Graff Diamonds zargarlik kompaniyasi asoschisi – Lorens Graff xarid qilgan.
Shuningdek, nashrning ta'kidlashicha, sotib yuborilgan olmos Janubiy Afrikada 1905 yilda topilgan Cullinan olmosidan keyingi eng yirik qimmatbaho toshdir. Cullinan’ning og‘irligi 3 ming qirotdan ko‘proqni tashkil etgan.
Avgust oyi oxirlarida eng qimmatbaho 10 olmos haqida ma'lumot berilgandi.