09:52 / 26.09.2017
9475

Firibgarlik yo‘li bilan 2 mln. so‘m pulni olgan o‘qituvchi ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hamkorlikda Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida tumandagi 38-son maktab o‘qituvchisi B.T. fuqarolar ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan ulardan 2 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.

Xususan, fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ariza bilan murojaat qilib, unda B.T. ta'lim tizimi organlarida ishlab kelayotgan tanishlari orqali uning qizini Qurilish va iqtisodiyot kollejidan Tibbiyot kollejiga o‘tkazib berish uchun dastlab 1000 AQSh dollari va 500 ming so‘m olganini, keyinchalik yana 500 AQSh dollari talab qilayotganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib (firibgarlik va pora berishga undash), tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top