17:14 / 26.09.2017
27591

Qibrayda ayol 3 oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi

Foto: Toshkent viloyati prokuraturasi

Qibray tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bola sotish holatining oldi olindi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir guruh fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etib, Qibray tumanida yashovchi ayol o‘z farzandini begona shaxslarga 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lib yurganini bildirgan.

Xabarga asosan zudlik bilan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilib, tumanda yashovchi M.I. (1990 y.t.) 2017 yilning iyun oyida tug‘ilgan, uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi.

Hozirgi vaqtda jinoyat sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top