12:41 / 26.09.2017
20460

Kollej o‘quvchisi mashinani boshqarib, uchta avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yil 24 sentabr kuni soat 12:00larda, “A.Temur” shohko‘chasi 65-uy qarshisida, 2001 yilda tug‘ilgan, kollej o‘quvchisi haydovchilik guvohnomasi va tegishli hujjatlarsiz, “Lada-110” rusumli avtoulovni boshqarib, “Kobalt”, “VAZ-21013” va “Matiz” rusumli avtoulovlar bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Hodisa natijasida “Lada-110” avtoulov haydovchisiga “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan 7-ShKShda tibbiy yordam ko‘rsatildi. “VAZ-21013” avtoulov yo‘lovchisi bo‘lgan 1973 yilda tug‘ilgan ayol kishi esa olingan jarohatlar bilan 7-ShKShga murojaat etgan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXBning huquqbuzarliklar bilan kurashish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 133-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) alomatlari bilan ma'muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Top