11:35 / 26.09.2017
5282
Quyichirchiqda qoramol o‘g‘rilari ushlandi

Quyichirchiq tumani IIBga joriy yilning 15 sentabr kuni Quyichirchiq tumani Ujakent mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan R.U. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 6 sentabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan, shu mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan dala maydonidan unga tegishli narxi taxminan 5.000.000 so‘m bo‘lgan 1 bosh qoramolini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan R.T. va Quyichirchiq tumanida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan Sh.Q. sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar. 

Ushbu holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top