10:37 / 26.09.2017
13768

Qo‘shnisining uyidan pul va qimmatbaho taqinchoqlarni o‘g‘irlagan kelin fosh etildi

Foto: Nur.kz

Joriy yilning 12 sentabr kuni soat 08.00 larda Toshkent tumanida yashovchi, uy bekasi, 1997 yilda tug‘ilgan X.N. uyda hech kim yo‘qligi va eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib qo‘shnisi, uy bekasi, 1973 yilda tug‘ilgan N.Sh.ning uyi yotoqxonasidagi shkafi ichidan umumiy narxi taxminan 4.000.000 so‘m bo‘lgan 1 dona tilla trosi, 1 dona tilla uzugi va 1 juft tilla ziraklarini o‘g‘irlagan.

Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bergan. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida bu X.N. ekanligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalillar olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top