18:40 / 27.09.2017
33263

«Barselona» yo‘lida Matyo, yangi «PSJ» muhim sinov qarshisida. YeChLda yana 8 uchrashuv

Bugun futbol muxlislarini yana bir ajoyib futbol oqshomi kutmoqda. Bugun Chempionlar Ligasining guruh bosqichida A, B, C va D guruhlarida 8ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

«Yuventus» va «Olimpiokos» ilk ochkolar uchun kurashadi, Joze Mourino boshchiligidagi «Manchester Yunayted» Moskvada rus futbolchilari va rus sovug‘iga qarshi, Neymar esa «PSJ» bilan yangi davrdagi ilk muhim sinovdan o‘tadi.

A guruhi
TsSKA - «Manchester Yunayted»
27 sentabr, Moskva. TsSKA o‘yingohi (Match TV, 23:45)

«MYu»ning hozirgi holati moskvaliklarda imkoniyat juda kamligini ko‘rsatadi. Lekin Mourino qaysi turnirni afzal ko‘radi, ichki chempionatda «Manchester Siti» bilan poygalashishnimi yoki xalqaro maydondagi o‘yinlarnimi? Unutmaslik kerakki, portugaliyalik mutaxassis jamoa bilan o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasini juda muvaffaqiyatsiz boshlagan, ammo ichki chempionatda g‘alaba uchun umidlar uzilgach, barcha e'tibor xalqaro o‘yinlarga qaratilib, yakunda g‘oliblik qo‘lga kiritilgan va YeChLga yo‘llanma olingandi. Shu bilan birgalikda Moskvadagi o‘yin arafasida tarkib bo‘yicha muammolarga duch keldi.

«Armiyachilar» turnirni Portugaliyada «Benfika» ustidan g‘alaba bilan boshladi va jiddiy niyatlarga egaligini namoyish etdi. Ikkinchi turda mag‘lub bo‘lsa ham jamoada guruhdan chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoladi. Ruslar ikkinchi yo‘llanma uchun «Benfika» bilan raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Ehtimoliy tarkiblar
TsSKA: Akinfeyev; Nababkin, Vasin, V. Berezutskiy, A. Berezutskiy, SHCHennikov; Golovin, Vernblum, Dzagoyev; Vitino, Olanare
O‘ynamaydi: Makarov (tovon), Mario Fernandes (miya chayqalishi)
«Manchester Yunayted»: de Xea; Darmian, Beyi, Jons, Blind; Errera, Matich; Mata, Mxitaryan, Reshford; Lukaku
O‘ynamaydi: Pogba (belida jarohat), Roxo (tizza), Ibrahimovich (tizza), Fellayni (tovon suyagi), Karrik (aniq emas).


«Bazel» - «Benfika»
27 sentabr. Shveytsariya, Bazel, «Sent-Yakobs Park»

 

Shveytsariyaliklar birinchi turda «MYu» maydonida 0:3 hisobida yutqazib, guruhda oxirgi o‘ringa «mustahkam» joylashdi. Ko‘pchilikning fikricha «Bazel» endi bu o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi. Jamoa YeChL guruh bosqichida oxirgi marta 2014 yili g‘alaba qozongan, o‘shanda «Ludogorets» tor-mor keltirilgandi. Shundan keyingi vaqt ichida duranglar bo‘ldi, ammo g‘alaba bo‘lmadi.

«Benfika» birinchi turda kutilmaganda TsSKAga mag‘lub bo‘ldi va guruhdan chiqish imkoniyatlarini pasaytirdi. Portugaliyaliklar «Bazel»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish orqali vaziyatni yaxshilashi mumkin. Lekin «burgutlar»da safar uchrashuvlari ko‘rsatkichi juda yomon, jamoa oxirgi 10ta safar o‘yinida faqat 3 g‘alabaga erishgan.

Ehtimoliy tarkiblar
«Bazel»: Vatslik; Akanji, Suxi, Balanta; Shteffen, Dzuffi, T. Chaka, Lang; Elyunussi; Oberlen, van Volfsvinkel.
O‘ynamaydi: Gaber (oyoq barmoqlarida jarohat)
«Benfika»: Julio Sezar; Andre Almeyda, Luizao, Ruben Diash, Grimaldo; Feysa, Pitstsi, Salvio, Servi; Jonas, Seferovich.


B guruhi
«PSJ» - «Bavariya»
27 sentabr. Parij, «Park de Prens» (Match! Futbol 1, 23:45)

 

Kunning asosiy o‘yini Parijda. Birinchi turda «PSJ» ham, «Bavariya» ham o‘z raqiblarini yirik hisoblarda mag‘lub etgandi va guruhdan kimlar chiqishi, kimlar autsayderlar ekani yaqqol ko‘rinib qolgandi. Bugun ikki grand guruhda kim birinchi bo‘lishini hal qilish uchun to‘qnashadi.

Lekin «PSJ»da oxirgi vaqtlarda muammolar paydo bo‘ldi. Fransiya chempionati 6-turida «Lion»ga qarshi o‘yinda jamoa hujumchilari Neymar va Kavani o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi. Hali bu mojaro to‘la hal qilinmagan, Neymar keyingi turda «Monpele»ga qarshi o‘yinda qatnashmadi va jamoa mavsumda ilk marta ochko yo‘qotdi (0:0).

«Bavariya» ham oxirgi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Myunxenliklar klubi «Volfsburg»ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida oldinda bora turib, 2ta gol o‘tkazib yubordi. Germaniya grandidagi asosiy muammo Manuel Noyyer uzoq vaqtga safdan chiqqanidir. Aynan uning o‘rnini egallagan Ulrayxning «bo‘rilar»ga qarshi o‘yindagi xatolari qimmatga tushgandi.

«PSJ» nemislarga qarshi muhim o‘yinga optimal tarkibni tushiradi. Sentyabr oyi boshida safdan chiqqan Di Mariya safga qaytgan, braziliyaliklarning ham barchasi o‘yinga tayyor: Neymar, Alves, Tiago Silva, Markino va Lukas Moura. 

Anchelottining tanlovi qanday bo‘lishini bilish qiyin. U himoyaga Hummels, Zyule, Boateng va Xavi Martinesdan ikkitasini tanlashi kerak. Alba hali jarohatdan to‘la tuzalmagan va uning bugun o‘ynashi savol ostida. Yarim himoya uchun esa Vidal, Alkantara, Rudi va Tolisso nomzodlari bor. Qanotlarga Riberi, Robben va Komandan birini olish kerak bo‘ladi. Maydonda Xames va Myuller uchun javob topiladimi? Qiyin savollar.

Shuningdek, statistika ham «Bavariya» foydasiga emas. Nemislar klubi YeChLda «PSJ»ga qarshi o‘tkazgan uch o‘yinini ham boy bergan. Bu «Bavariya»ning yevrokuboklardagi eng noqulay raqibidir. Bundan tashqari, «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasida YeChL doirasida kechgan 6 uchrashuvda bitta ham durang qayd etilmagan.

«Bavariya» Chempionlar ligasida o‘tkazgan oxirgi 8 o‘yinida gol o‘tkazgan, «PSJ» «Park de Prens»da o‘tkazilgan oxirgi 29 o‘yinidan faqat bittasida gol urmagan. Bu statistik ma'lumotlarning barchasi bugun Anchelotti jamoasiga qiyin bo‘lishini ko‘rsatmoqda.

Ehtimoliy tarkiblar
«PSJ»: 
Areola; Dani Alves, Markinos, Tyago Silva, Kurzava; Verratti, Tiyago Motta, Rabo; Mbappe, Kavani, Neymar
O‘ynamaydi: Pastore (oyoq mushaklari)
«Bavariya»: Ulrayx; Kimmix, Hummels, Boateng, Rafinya; Xames, Alkantara, Vidal; Robben, Riberi, Levandovski
O‘ynamaydi: Noyyer (oyoq kafti), Bernat (tovoni)


«Anderlext» - «Seltik»
Bryussel, «Konstant Vanden Stok» stadioni 
Agar guruhda «PSJ» va «Bavariya» kabi grandlar bo‘lsa, qolgan ikkinchi jamoa Yevropa Ligasi uchun yo‘llanmaga talashishi qolishi tabiiy. «Anderlext» va «Seltik» birinchi turda bu ikki grandga ochko topshiruvchi jamoalar bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi.

Ikkinchi turni belgiyaliklar klubi yangi bosh murabbiy bilan boshlaydi. Anderlextliklar klubi rahbariyati qoniqarsiz natijalardan keyin Rene Vaylerni ishdan bo‘shatdi. «Seltik»ka qarshi o‘yinni «Anderlext» klubning sobiq futbolchisi Nikolas Frutos boshqaruvida o‘tkazadi. U oxirgi vaqtlarda murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlayotgandi.

«Anderlext»da kadrlar bilan bog‘liq muammolar bor. Asosiy hujumchi Lukash Teodorchik, Kara Mbodji va Ivan Obradovich o‘yinga tayyor emas, asosiy futbolchilardan yana biri Sven Kums diskvalifikatsiya tufayli jamoaga yordam bera olmaydi.

«Seltik» safar o‘yiniga yaxshi holatda yetib keldi. Bu jamoa bugun oxirgi 16 safar o‘yinida (yevrokuboklarda) ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishi mumkin. Brendan Rojyers jamoani yaxshi ruhlantira oladi. Shotlandiya chempionatining oxirgi 7 turida jamoa 6 g‘alaba va bir durang qayd etdi, yettinchi uchrashuv «Reyndjers»ga qarshi derbi o‘yinidagi g‘alaba bo‘ldi. 

Ehtimoliy tarkiblar
«Anderlext»: Buks; Appia, Spaich, Deshaxt, Sova; Trebel, Dendonker, Stanchu; Anni, Berich, Onekuru
O‘ynamaydi: Kums (diskvalifikatsiya), Naxar (belidagi jarohat)
So‘roq ostida: Mbodji (tizza), Obradovich (to‘piq), Teodorchik (bel).
«Seltik»: Gordon; Lustig, Shimunovich, Boyata, Tirni; Braun, Ncham; Roberts, Armstrong, Sinkler; Griffits
O‘ynamaydi: Svyatchenko (tizza), Ebue (tovon)


C guruhi
«Atletiko» - «Chelsi»

27 sentabr, Madrid. «Vanda Metropolitano» (Match! Futbol 2, 23:45)

«Atletiko» Angliya chempioniga qarshi. Konte shogirdlari xalqaro maydonda ham, ichki chempionatda ham o‘zini yaxshi his qilmoqda. Angliya chempionatining oxirgi turida «Stok Siti» osonlik bilan mag‘lub etildi - 4:0. Londonliklar YeChLning birinchi turida ozarlarni yirik hisobda mag‘lub qilgandi va hozircha turnirning eng yirik hisobi shu o‘yinda qayd etilgan - 6:0. Londonliklar oxirgi 3 o‘yinda gol o‘tkazmadi.

Simeone jamoasi mavsum boshidagi 7 o‘yindan 4tasida g‘alaba qozongan. Hozircha hech kim bu jamoani yengmadi. Madridliklar YeChL doirasida o‘z maydonida o‘tkazilgan oxirgi 11 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan.

Bungacha «Atletiko» va «Chelsi» yevrokuboklarda ko‘p to‘qnashmagan. 2009 yili ikki klub o‘rtasida ilk uchrashuv o‘tkazilgan, YeChL guruh bosqichidagi bu uchrashuvda londonliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu «aristokratlar»ning o‘zaro uchrashuvlardagi yagona g‘alabasi bo‘lib qolmoqda. Guruhda ikkinchi uchrashuvda durang qayd etilgan, keyinroq «Atletiko» qasos olgan, 2011-2012 yilgi mavsum avvalida Yevropa Superkubogi uchun kechgan uchrashuv Falkaoning pokeri evaziga «Atletiko»ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Jamoalarning oxirgi o‘zaro uchrashuvida madridliklar g‘alaba qozongan - 3:1. O‘shanda Simeone shogirdlari «Chelsi» bilan YeChL yarim finalida to‘qnashgandi (0:0, 3:1). Shu tufayli inglizlarda revansh olish ishtiyoqi mavjud.

Ehtimoliy tarkiblar
«Atletiko» : Oblak; Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis; Koke, Gabi, Tomas, Saul; Grizmann, Korrea
O‘ynamaydi: Gameyro (zayavka qilinmagan), Vrsalko (zayavka qilinmagan), Fernandes (tizza jarohati)
«Chelsi» : Kurtua; Aspilikueta, Luis, Kexill; Dzappakosta, Kante, Bakayoko, Alonso; Villian, Pedro; Morata
O‘ynamaydi: Drinkuoter (oyoq paylari cho‘zilishi)
So‘roq ostida: Luis (bilagidagi jarohat)

 

«Qorabog‘» - «Roma»
27 sentabr. Boku, Olimpiyskiy stadion (Match! Futbol 2, 21:00)

Bu «Qorabog‘» uchun Chempionlar ligasi turniridagi ilk uy uchrashuv bo‘ladi. Ozarlar turnirga chiqish uchun «Samtredia», «Sherif» va «Kopenhagen» klublarini ortda qoldirib, kichik mo‘'zija ko‘rsatishdi. Ammo «Chelsi»ga jamoaning kuchi yetmadi va 0:6.

«Roma» uzoqqa uchishiga to‘g‘ri keldi va bu kichik muammo bo‘lishi mumkin. Ammo rimliklar hozirda yaxshi formada va ichki chempionatdagi oxirgi uch uchrashuvda g‘alaba qozongan. Hozircha faqat «Inter» «bo‘rilar» jamoasini yenga oldi. Bu yozda, mavsumoldi yig‘inlari vaqtida bo‘lgandi. «Roma» bu o‘yinda so‘zsiz favorit. Eusebio Di Franchesko shogirdlari to‘rt uchrashuvdan buyon darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda. Lekin Rim jamoasi Chempionlar ligasida o‘tkazgan oxirgi 10 o‘yinida g‘alaba qozona olmagan, ikkinchi turda bu noxush seriyaga chek qo‘yish mumkin.

Ehtimoliy tarkiblar
«Qorabog‘»: Kanibolotskiy; Medvedev, Guseynov, Yunuszade, Jyeznichak; Michel, Richard Almeyda; Enrike, Elyunussi, Madatov; Ndlovu
So‘roq ostida: Agoli (chov qismidagi jarohat)
«Roma»: Alisson; Bruno Peres, Manolas, Juan Jyezus, Kolarov; Pellegrini, De Rossi, Nainggolan; Defrel, Djyeko, El-Shaaravi
O‘ynamaydi: Karsdorp (tizza), Shik (bel), Moreno (bedro)
So‘roq ostida: Perotti (oyoqdagi jarohat)

 

D guruhi
«Sporting» - «Barselona»

27 sentabr, Lissabon «Yuventus» stadioni (Match! Igra, 23:45)

Birinchi turda «Barselona» «Yuventus» ustidan g‘alaba qozonishi sensatsiya bo‘lmadi. Katalonlar kutilgandan ko‘ra ishonchli o‘ynashdi. Lekin turinliklar Valverde shogirdlarining guruh bosqichidagi asosiy raqibi bo‘lib qolaveradi.

«Sporting» va «Olimpiakos» jamoalari o‘rta toifadagi jamoalar va ulardan sensatsiya kutish qiyin. 

«Barselona» Ispaniya chempionatini a'lo darajada o‘tkazmoqda. Hozirgacha o‘tkazilgan 6 turda 6 g‘alabaga erishildi va turnir jadvalida yakkapeshqadamlik. Lekin oxirgi turda kataloniyaliklar «Jirona» bilan o‘yinda muammolarga duch keldi. Balki, jamoa Portugaliya safari oldidan kuch tejagandir.

Bugungi o‘yinda Lionel Messi gol uradimi? Birinchi turda argentinalik futbolchi dubl qayd etgandi. U «Yuventus» himoyasini shunchaki toptab tashlagandi. Bugungi o‘yindagi asosiy intrigalardan biri jamoaning sobiq futbolchisi Jyereme Matyo raqib jamoa safida to‘p suradi. U agar bu o‘yinda gol ursa, kataloniyaliklar prezidenti Jozep Bartomeu tufayli golni nishonlashi haqida aytgandi.

Ehtimoliy tarkiblar
«Sporting»: Patrisiu; Pichchini, Mate, Koates, Silva; Jyelson, Villyam Karvalyu, Battalya, Brunu Fernandesh, Akunya; Dumbiya
«Barselona»: ter Stegen; Semedu, Pike, Umtiti, Alba; Rakitich, Buskets, Iniyesta; Messi, Suares, Deulofeu
O‘ynamaydi: Dembele (bel mushaklari), Alkantara (tizza), Rafinya (tizza)


«Yuventus» - «Olimpiokos»
27 sentabr, Turin «Yuventus Stedium» (Match! Nash sport, 23:45) 

«Yuventus» - «Olimpiakos» uchrashuvida favorit aniq. Ammo greklardan har qanday o‘yin kutish mumkin. Ularning ishtirokidagi o‘yinlarda ikki tomonga ham gol uriladi. Ular raqib maydonida ham o‘z maydonidagidek harakatlanishadi.

Birinchi turda o‘z maydonida «Sporting»ga mag‘lub bo‘lgan «Olimpiakos» o‘zini qiyin ahvolda qoldirdi. Ikkinchi turda ham mag‘lub bo‘lish ellinlar uchun haqiqiy halokatga aylanishi mumkin. Shu tufayli murabbiyni almashtirgan «Olimpiakos»dan yanada hujumkor o‘yin kutilmoqda.

Turinliklar safida jarohatlar sindromi: Mattia de Shilo, Benedikt Xevedes, Stefan Lixtshtayner, Klaudio Markizio va Sami Xedira. Greklar safida esa Yagosh Vukovich jarohat tufayli o‘ynamaydi.

Ehtimoliy tarkiblar
«Yuventus»: Buffon; Sturaro, Bardzali, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Matyuydi; Kuadrado, Dibala, Manjukich; Iguain
O‘ynamaydi: De Shilo (oyoq), Hevedes (bel), Markizio (tizza), Pyatsa (tizza)
So‘roq ostida: Xedira (tizza)
«Olimpiakos»: Proto; Elabdellaui, Engels, Romao, Figeyrash; Zdelar, Jiye, Ojija; Karsela-Gonsales, Seba; Jurjyevich
O‘ynamaydi: Vukovich (bel qismida jarohat), Kapino (aniq emas)

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top