10:49 / 27.09.2017
6542

BMTda dunyodagi «ta'lim inqirozi» haqida hisobot e'lon qilindi

Foto: Jahon banki

BMTda YuNeSKO Statistika institutining hisoboti taqdim etildi. Unda jahondagi «ta'lim inqirozi» haqida so‘z yuritiladi.

Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, maktab yoshidagi 600 mln.dan ortiq bolalar matematika bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega emas, shuningdek, o‘qishni ham bilmaydilar.

Ta'kidlanishicha, ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bolalarning katta qismi Afrika, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, Shimoliy Amerika hamda Yevropada faqatgina 14 foiz yoshlar ta'limning boshlang‘ich darajasiga ega emas.

Hisobotda ko‘rsatilishicha, bu vaziyat katta bo‘lgan bolalar xavfsiz mehnat sharoitlariga ega, kam haq to‘lanuvchi ish «qopqoni»ga tushib qolishlariga olib keladi.

Top