09:17 / 27.09.2017
7678

Braziliyalik sobiq superyulduz Rio gubernatori bo‘lmoqchi

Foto: EPA

Braziliyalik taniqli futbolchi, 1994 yilgi jahon chempioni Romario Podemos partiyasidan Rio-de- Janeyro shtati gubernatorligi uchun o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Ayni damda Braziliya parlamenti yuqori palatasida senator bo‘lib turgan sobiq sportchi bu haqda seshanba kuni SporTV mahalliy telekanali efirida ma'lum qilgan.

"Kelasi yili Rio-de-Janeyro gubernatorligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi, hamda men unga nomzod bo‘laman. Biz partiyadoshlar orasida uchrashuvlar o‘tkazamiz. Hozirning o‘zidayoq nomzodim ilgari surilishiga harakat qilishimni aytishim mumkin", - dedi u.

2016 yilning iyunida Romario Rio-de-Janeyro shahri hokimi lavozimiga uchun o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekani haqida ma'lum qilgandi, biroq keyin u bu g‘oyadan voz kechdi. Braziliya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq sportchining qarori ijtimoiy so‘rovlar natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu tadqiqotlar Romarioning nomzodi shahar aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini ko‘rsatib berdi.

Sobiq futbolchi 2015 yilning yanvaridan boshlab Braziliya parlamentining yuqori palatasida Rio-de-Janeyro shtatidan senator lavozimini egallab keladi.

Eslatib o‘tamiz, Romario futbolchilik faoliyatini 2009 yilda yakunladi. U Braziliya termasi tarkibida 1994 yilda jahon chempioniga aylangan. Yevropada esa "Barselona", "Valensiya" va PSV klublari uchun to‘p surgan.

Top