10:28 / 27.09.2017
47847

Golden House yordamida 40 dan ziyod fuqaro Toshkentda uy rasmiylashtirdi

Foto: Golden House

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 17 iyulida qabul qilingan №527-sonli qarori asosida qonunchilikka ayrim o‘zgartirishlar kiritildi hamda doimiy ro‘yxatda bo‘lmaganlar, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyati berildi.

Mazkur qaror kuchga kirgandan buyon bugunga qadar Golden House yetakchi kompaniyasining yangi qurilgan uylaridan 43 ta oila qulay kvartiralar xarid qilishdi.

Birlamchi ko‘chmas mulkka talab ikki barobarga oshgan va bu holat kompaniyaning savdosiga ijobiy ta'sir o‘tkazib, turarjoy majmualarida hali sotilmagan yangi kvartiralar soni tobora kamayib bormoqda.

Eslatib o‘tish joizki, yangi turarjoylarda poytaxt hududida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilinadigan kvartiralar uchun to‘lov eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi (xorijliklarga 150 ming AQSh dollari), hisob-kitoblar esa bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Foto: Golden House

Yuqorida ko‘rsatilgan summadan yuqori bahoda yangi uy xarid qilgan respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga poytaxtda turarjoyga ega bo‘lish bilan bir qatorda Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskadan o‘tish imkoniyati ham taqdim etiladi.

Foto: Golden House

Bunda ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun O‘zbekiston fuqarolari uchun shartnoma summasining 5 foizi miqdorida, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga esa shartnoma summasining 10 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Foto: Golden House

Kompaniya izohi

Ko‘pchilik bugungi kunda doimiy propiskani yangi turarjoyni qurgan quruvchi kompaniya beradi, degan xato fikrda, biroq bu bosqich ichki ishlar organlari zimmasiga o‘tadi va u notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishni rasmiylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi.

Boshqa mintaqalarda doimiy ro‘yxatda turadiganlar investitsion shartnoma bo‘yicha turarjoy ko‘chmas mulkini qo‘lga kirita olmaydi, ya'ni hali qurilishi davom etayotgan obektdan kvartira xarid qilish huquqiga ega emas. Chunki Nizomga ko‘ra, yangi qurilayotgan turarjoylardagi ko‘chmas mulkka tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoning ekspluatatsiyaga qabul qilish to‘g‘risida komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qaroridan so‘ng mulk huquqi yuzaga keladi va ushbu qaror qabul qilinganidan keyin uch yil o‘tmagan bo‘lishi kerak.

Bugungi kunda kompaniya primial klassdagi ikki turarjoy majmuasi — «Parisien» deb ataluvchi fransuzcha kvartal va NOVZA turarjoy majmuasini qurish ishlarini olib bormoqda.

«Parisien» obektini ekspluatatsiyaga topshirish shu yilning oxiriga mo‘ljallangan, binobarin, bu turarjoy majmuasida respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tez orada oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra kvartiralar xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Tafsilotlar uchun telefon: 150-11-11 
Yoki bizning ushbu manzildagi ofisimizda:
Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi
Mo‘ljal: Irrigatsiya instituti, Darxon. 
«Novomoskovskaya» turarjoy majmuasi
Bot: @goldenhouseuz_bot
Telegram: @goldenhouseuz
Facebook: fb.com/goldenhouseuz/
Instagram: @goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida.
 

Top