15:15 / 27.09.2017
16612

Imomali Rahmon MXDQ rahbariyatini o‘zgartirdi

Foto: News.tj

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining rahbariyati va tarkibiy bo‘linmalarida kadrlar o‘zgarishini amalga oshirdi. Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Saymo‘min Yatimovning uch o‘rinbosarini lavozimidan ozod etish haqida qaror chiqarilgan.

MXDQ boshlig‘i o‘rinbosari Akrom Amonov nafaqaga chiqqanligi sababli ishdan bo‘shatildi, uning hamkasblari Suhrob Panoyev va Farhod Vohidov esa boshqa ishga o‘tkazilishi munosabati bilan MXDQ raisining o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

Imomali Rahmon Zubaydullo Alixonov, Nusratullo Mirzoyev va Alisher Mirzonabotovni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining yangi o‘rinbosarlari etib tayinladi.

Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati, So‘g‘d viloyati va Dushanbedagi Tojikiston Respublikasi MXDQning kengashlari hamda tarkibiy bo‘linmalarida ham kadrlar almashinuvi amalga oshirildi, deya ta'kidlaydi davlat rahbari matbuot xizmati.

Rahmon hukumat qoshidagi Din ishlari, milliy an'analar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Jumaxon G‘iyosovni ham lavozimidan ozod qilib, uning o‘rniga Amirbek Beknazarovni tayinladi.

Bundan tashqari, kecha prezident veb-saytida hukumatning 7 avgust kuni davlat rahbari tomonidan imzolangan qarori e'lon qilindi. Unga ko‘ra, «Tojikboshgeologiya» rahbari Jumazod Murod Xol lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnida Zarobiddin Qudrat Fayzullozoda ish boshladi. U avval So‘g‘d viloyati sanoatini nazorat qilgan.

Top