15:57 / 27.09.2017
25415

McDonald's franshiza asosida O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin 

Foto: Getty Images

Amerikaning dunyoga mashhur restoranlar tarmoqlaridan biri McDonald's O‘zbekiston bozoriga kirib kelishga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, jahonning yirik umumovqatlanish brendlari O‘zbekiston bozoriga kirib kelish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev Xalqaro Press-klubning 27 sentabrdagi yig‘ilishida shu haqda so‘z yuritdi. U jurnalistlar tomonidan berilgan savolgajavob berar ekan, jumladan shunday dedi:

“McDonald's va boshqa umumovqatlanish jahon brendlari O‘zbekiston bozoriga bevosita yoki franshiza orqali kirib kelish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Biroq Nyu Yorkda tashkil etilgan O‘zbek-Amerika biznes forumida bu masala muhokama qilinmadi”.

Elyor Madjidovich G‘aniyev – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri
Foto: Xalqaro Press-klub

Tashqi savdo vaziri O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi bozori ham ochiqligini ta'kidladi.

Mavzuga oid
Top