23:53 / 27.09.2017
4752

Misrda koinot agentligi tashkil etilmoqda

Foto: Sergey Kazak/TASS

Misrda milliy koinot agentligi tashkil etilmoqda. Tegishli farmonni mamlakat bosh vaziri Sharif Ismoil imzoladi, deb xabar bermoqda Extra telekanali. Hujjat keyingi haftada yozgi ta'tildan keyin faoliyatini davom ettiradigan parlamentga tasdiq uchun beriladi. 

Vazirlar mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Misr oliy ta'lim ishlari vaziri Xolid Abdulg‘afforning ma'lum qilishicha, “Misrda sun'iy yo‘ldoshlarni uchirish tajribasi bor”. “Soha bo‘yicha agentlikning tashkil etilishi mamlakat o‘zining koinot texnologiyalarini faol rivojlantirishida ko‘mak beradi”, deb aytgan vazir.

Joriy yil iyulida 2019 yilda Misrning EgyptSat-A koinot qurilmasini uchirish rejasi ma'lum qilingandi. Bu qurilmani Rossiyaning “Energiya” raketa-koinot korporatsiyasi 2015 yilda safdan chiqqan EgyptSat-2 sun'iy yo‘ldoshi o‘rniga yaratadi. Yo‘ldosh takomillashgan optik-elektron tizim va bort boshqaruv majmuasi, yuqori tezlikdagi bort radioliniyasi va modernizatsiyalashgan quyosh batareyalarini oladi. 

EgyptSat-2 2014 yil 16 aprelda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Soyuz-U” raketa-tashuvchisi yordamida uchirilgan. Undan avvalgi EgyptSat-1 Ukrainaning “Yujnoye” knstruktorlik byurosi tomondan yaratilgan bo‘lib, 2007 yilda ”Dnepr” raketasi yordamida orbitaga yetkazilgan. 2010 yil iyulda sun'iy yo‘ldosh bilan aloqa yo‘qolgan. 

Mavzuga oid
Top